Ushbu kriptovalyuta narxi ikki kun ichida 10 ming dollarga oshdi. Bitcoin kursi 11 noyabr kuni Amerika bozorining ochilishida keskin o‘sishni boshladi va bir necha soat ichida deyarli to‘xtovlarsiz 10 foizga ko‘tarildi, doimiy ravishda uning maksimal qiymati yangilanib bordi.
12 noyabr kuni ertalab narx 90 ming dollarga yaqinlashdi, shundan so‘ng u biroz pasaydi, keyin o‘sishni davom ettirdi va Binance birjasida rekord darajada 90 600 dollarga yetdi. Bitcoin kapitallashuvi 1,78 trillion dollardan oshdi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp saylovoldi dasturida bitcoin'ni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bayonotlar bergandi.