Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

«Birovning kreditini to‘layveramanmi?»

A A A
«Birovning kreditini to‘layveramanmi?»

— Xolamning qiziga kredit olishda 2-kafil bo‘lgandim. 3 oydan beri kredit qarzi plastik kartamdan yechib olinyapti. Sababini surishtirsam, qarindoshim oyligini to‘liq naqd ko‘rinishga o‘tkazibdi. Shuning uchun bankdagilar mening kartamdan yechib olishayotgan ekan. Qarindoshimga pulimni qaytarishini yoki bankka murojaat qilib, naqd to‘lashi haqida xabardor etishini aytsam ham e’tibor qilmayapti. Bu vaziyatda meni qanday haq-huquqim bor? Kafillikni bekor qildirsa bo‘ladimi?
Ismi sir tutildi

Murojaatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi sudyasi Abduqodir RAJABOV javob berdi:
— Fuqarolik kodeksining 292-moddasida kafillik shartnomasi bo‘yicha kafil boshqa shaxs o‘z majburiyatini to‘la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga olishi belgilangan.
Shuningdek, mazkur kodeksning 293-moddasida qarzdor kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob berishi qayd etilgan.
Yuqoridagi nizoli masalada siz, qarindoshingiz va bank o‘rtasida kafillik shartnomasi tuzilganligini qayd etgansiz.
Fuqarolik kodeksning 296-moddasida kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajargan qarzdor bu haqda kafilni darhol xabardop qilishi shart. Aks holda o‘z navbatida majburiyatni bajargan kafil asossiz olinganni kreditordan undirib olishga yoki qarzdorga regress talab qo‘yishga haqli. Regress talab qo‘yilgan taqdipda qarzdor asossiz olinganni kreditordan undirib olishga haqli.
Mazkur qonun talabiga ko‘ra, kreditning siz tomondan to‘langan qismi bo‘yicha qarzdordan regress tartibida undirish bo‘yicha sudga da’vo ariza berishingiz mumkin.
Bundan tashqari qonunchilikda kafillikning bekor bo‘lishi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra kafillik bilan ta’minlangan majburiyat bekor bo‘lgach, shuningdek ushbu majburiyat kafilning roziligisiz javobgarlikning oshishiga yoki uning uchun boshqa noqulay oqibatlarga olib keladigan tarzda o‘zgartirilgan taqdirda kafillik bekor bo‘ladi.
Kafillik bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha qarz boshqa shaxsga o‘tkazilganida, agar kafil yangi qarzdor uchun javobgar bo‘lish haqida kreditorga rozilik bergan bo‘lmasa, shuningdek kafil ta’minlagan majburiyatni bajarish muddati kelganida kreditor qarzdor yoki kafil taklif qilgan tegishli ijroni qabul qilishdan bosh tortsa, kafillik bekor bo‘ladi.

Kiritildi: 10:57 25.07.2022. O'qildi: 3929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!