Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Birinchi navbatda qaysi toifa dorilar «elektron resept» asosida berilishi belgilandi

Birinchi navbatda qaysi toifa dorilar «elektron resept» asosida berilishi belgilandi

«Elektron resept» tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibi to‘g‘risida»gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizomga ko‘ra, bemorlarga tayinlangan dori vositalari to‘g‘risidagi ma’lumot elektron reseptga bevosita shifokor tomonidan kiritiladi hamda elektron tasdiqlash usullari orqali tasdiqlanadi.

Elektron reseptga o‘tkaziladigan dori vositalarining guruhlarini shakllantirish maqsadida Cog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan Ekspertlar kengashi tashkil etiladi.

Resept bilan beriladigan dori vositalarini elektron resept asosida tayinlashning 1-bosqichida quyidagi dori vositalari elektron resept asosida belgilanadi:

  • antibiotiklar va tizimli ta’sir etuvchi sintetik antibakterial dori vositalari;
  • tizimli ta’sir etuvchi gormonal dori vositalari.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil qilingan 1003 qisqa raqamli Call-markaz orqali yotoq rejimida bo‘lgan va surunkali kasallikka chalingan bemorlar uchun quyidagi imkoniyatlar ta’minlanadi, jumladan:

  • o‘zlari biriktirilgan oilaviy shifokorga murojaat qilish;
  • davolash kursini davom ettirish maqsadida o‘z oilaviy shifokoriga (yoki tor soha mutaxassisiga) masofadan murojaat qilish orqali elektron resept olish.
Kiritildi: Bugun 14:38. O'qildi: 420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!