Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

“Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi o‘tkaziladi

 “Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi o‘tkaziladi

✅ Qarorga ko‘ra,2026 yil 1 yanvardan beg‘araz qon donorligi harakatini rivojlantirish maqsadida quyidagi tizim joriy etiladi:

🔸 har oyda “Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi o‘tkaziladi. Mazkur aksiya doirasida har oyning 1 haftasi mobaynida – qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida, har oyning 3 haftasi mobaynida – ta’lim, davolash va boshqa tashkilotlarda qon donorligi tashkil etiladi;

🔸 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimiga kiruvchi vazirlik, idora hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari va xodimlari o‘rtasida har yili 1 marotaba donorlik kunlari o‘tkaziladi;

🔸 mehnat jamoalarida donorlik kunlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi;

🔸 umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbiy hamda oliy ta’lim tashkilotlarida donorlik bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir va uchrashuvlar tashkil etiladi.

✔️ Shuningdek, tug‘ruqda tibbiy yordam ko‘rsatuvchi har bir muassasada qon va uning tarkibiy qismlari shoshilinch zaxirasi tashkil etilishi hamda uni qon va uning tarkibiy qismlari, jumladan, plazma
va eritrositar massa zaxirasi bilan ta’minlanishi belgilandi.

Kiritildi: Bugun 10:49. O'qildi: 276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!