Muxolifatchining vafoti bir yilligiga Moskvadagi Borisov qabristonida uning xotirasini yod etish uchun ko‘plab odamlar to‘planishdi — ular qabrga gullar, rasmlar va xatlar qo‘yib ketishyapti.
AQShning Rossiyadagi elchisi Lin Treysi ham Aleksey Navalniy qabrini ziyorat qilib, gul qo‘ydi.
Bugun Navalniyning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar dunyo bo‘ylab o‘tkazilmoqda. Rossiyaning ko‘plab shaharlarida xotira yodgorliklari ko‘zga tashlanmoqda, jumladan, qatag‘on qurbonlarining yodgorliklariga gullar qo‘yildi.
Rossiyada Aleksey Navalniy xotirasiga bag‘ishlangan aksiyalarda polisiya kamida 12 kishini qo‘lga oldi.