Evropaning qator davlatlari foydalanuvchilariga Rossiyaning «RIA Novosti» davlat agentligini Telegram kanali kirish cheklandi, deb xabar beradi «Meduza».
Kanal bloklangani to‘g‘risida Latviya, Germaniya, Litva, Niderlandiya va Fransiyadagi foydalanuvchilar xabar bergan.
«Ushbu kanal mahalliy qonunchilikni buzgani uchun bloklandi», — deyiladi xabarda.
Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Yevropada, shuningdek, «Izvestiya», «Rossiyskaya gazeta», «Perviy kanal», «NTV», «Rossiya-24»ning Telegram kanallari ham bloklangan.
«RIA Novosti» o‘zining muxbirlariga tayanib yozishicha, agentlikning Telegram kanali Polsha, Belgiya, Shveysariya, Gresiya, Chexiya va Italiyada ham bloklangan.