Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Bir oy ichida 10 ming kilogrammga yaqin sifatsiz oziq-ovqat mahsuloti iste’moldan chiqarildi

Bir oy ichida 10 ming kilogrammga yaqin sifatsiz oziq-ovqat mahsuloti iste’moldan chiqarildi

Aholining sifatsiz oziq-ovqat maxsulotlaridan zaharlanishining oldini olish maqsadida Hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari bilan birgalikda jami 17 mingdan ortiq bozorlar, savdo majmulari va boshqa ob’ektlarda o‘rganishlar olib borildi.

Unga ko‘ra, 10 ming kilogramga yaqin sifatsiz oziq-ovqat mahsuloti iste’moldan chiqarildi.

Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalligining oldini olish bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari, veterinariya xizmati bilan birgalikda 16 760 ta ob’ektlar o‘rganilib, 900 ming metr kvdan ortiq maydon dezinseksiya qilish orqali zararsizlantirildi.Shuningdek, respublika bo‘yicha 2 100 dan ortiq iqtisodiy va 23 574 ta ijtimoiy ob’ekt, sel, toshqin va ko‘chkiga xavfli 144 ta ob’ekt o‘rganib chiqilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

69 ta daryo va kanal o‘zanlari tozalanib, 6 ta daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari bajarildi.

“O‘zgidromet” xizmati agentligi, Xavfli jarayonlarni kuzatish davlat xizmati bilan birgalikda sel, toshqin va ko‘chkiga xavfli hududlardagi xo‘jaliklar o‘rganib chiqilib, xavfli hududlardagi 2 ta xo‘jalik doimiy va 13 ta xo‘jalik vaqtinchalik ko‘chirildi.

Kiritildi: 15:50 28.03.2023. O'qildi: 1043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!