Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bir noto‘g‘ri ma’lumot The New York Timesga 9,25 million dollarga tushdi

Bir noto‘g‘ri ma’lumot The New York Timesga 9,25 million dollarga tushdi

Amerikaning The New York Times gazetasi uchun so‘nggi yarim asrda kuzatilmagan sud presedenti qayd etildi. Nashr tuhmat bilan bog‘liq ishda aybdor deb topilib, sobiq basketbolchi Kay Spirsga 9,25 million dollar tovon to‘lashi belgilandi.

Associated Press ma’lumotiga ko‘ra, mojaroga 2023 yilda Alabama shtatida sodir bo‘lgan otishma haqidagi maqola sabab bo‘lgan. The New York Times o‘sha materialda Alabama universiteti basketbol jamoasining sobiq a’zosi Spirsni voqea joyida bo‘lgan shaxslar qatorida ko‘rsatgan. Keyinchalik bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlangan. Mazkur otishma oqibatida bir ayol halok bo‘lgan edi.

Spirs maqola e’lon qilinganidan keyin 2023 yilda gazetani sudga bergan. Da’vo kiritilganidan ikki kun o‘tib, nashr bahsli ma’lumotni tuzatgan.

Ishni ko‘rib chiqqan hakamlar hay’ati esa Spirs foydasiga qaror chiqarib, The New York Times zimmasiga 9,25 million dollar miqdorida kompensasiya to‘lash majburiyatini yukladi.

Gazeta bu qarorga qo‘shilmayapti. The New York Times o‘z pozisiyasida noto‘g‘ri ma’lumot qasddan tarqatilmagani, balki beixtiyor xatoga yo‘l qo‘yilganini ta’kidlamoqda. Shuningdek, nashr vakillari hakamlar qarorini hamda belgilangan tovon miqdorini qonun va ish bo‘yicha taqdim etilgan dalillarga mos emas deb hisoblamoqda.

Gazetaning qayd etishicha, bu The New York Timesning AQShda o‘z materiallari bilan bog‘liq tuhmat ishida 50 yildan ortiq vaqt ichidagi ilk mag‘lubiyatidir.

Kiritildi: 23:02 21.08.2026. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!