Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati Buxoro shahar sudining 2011 yil 03 martdagi hukmiga ko‘ra, A.Xaydarov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) O‘zbekiston Respublikasi JK 184-moddasining 3-qismi, 189-moddasi 2-qismining “b” bandi, 205-moddasining 1-qismi va 229-moddasi bilan JKning 57,45-moddasi qo‘llanilib, JKning 59-moddasi tartibida 2 yil moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 9.043.000 so‘m jarima jazosiga sudlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi sudyasi Zavqiy Qurbonovning ma’lum qilishicha, A.Xaydarov 1996 yildan 2010 yilning iyun oyiga qadar Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi tizimida faoliyat ko‘rsatib kelib, mansabdor shaxs bo‘la turib, mansab mavqeidan foydalanib, turmush o‘rtog‘i F.Muxammedova rahbarlik qilib kelayotgan Buxoro shahridagi “Akmali” shaxsiy kichik korxonasida norasmiy ravishda rahbarlik qilib kelib, korxona tomonidan 2008 yil hisobot davrida ustav fondini shakllantirish uchun qaytarib olmaslik sharti bilan, olingan 30.000.000 so‘mlik moliyaviy yordamdan yagona soliq to‘lovi hisoblanmaganligi natijasida jami 3.007.200 so‘mlik yagona soliq to‘lovini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganligi, Buxoro shahridagi “Dilkusho dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududidan O‘zbekiston Respublikasi shaharsozlik kodeksining 38-moddasi talablariga rioya qilmasdan qurilish loyihasiz (APZsiz) o‘zboshimchalik bilan qayta qurilishni amalga oshirib, 244,4 kv.m. maydonda rejadagi shakli o‘zgartirilib 11 xonadan iborat bo‘lgan savdo do‘konlari, umumiy ovqatlanishga mo‘ljallangan xonalarni hamda 18,2 kv.m o‘lchamda yerto‘la qurib, ushbu qayta qurilgan inshootni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2 iyun kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida”gi qarori talablarini buzib, Davlat kadastr xizmati organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazmagan va natijada Buxoro shaxridagi “Dilkusho dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga bozor hududidan ajratilgan yer maydoni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 386-moddasi 1-bandida bozorlarning hududida joylashgan yer uchastkalari va binolar uchun bozorga yer ijara to‘lovlari to‘lashi shart bo‘lgan bo‘lsada, 2007 yilda 637.000 so‘m, 2008 yilda 1.190.000 so‘m, 2009 yilda 1.540.000 so‘m va 2010 yilda 2.072.000 so‘m, bundan tashqari shu bozor hududidagi o‘zining mulki hisoblangan 68,4 kv.m.dan iborat, kadastr guvohnomasi 0599840 bo‘lgan «manti xona» binosi bo‘yicha 230.084 so‘mlik mulk solig‘ini hamda bozorga yer ijara to‘lovlari to‘lashi shart bo‘lgan bo‘lsada, 2007 yilda 311.220 so‘m, 2008 yilda 581.400 so‘m, 2009 yilda 752.400 so‘m va 2010 yilda 1.012.320 so‘m, jami 8.326.424 so‘m ko‘p miqdordagi yer ijara va mulk solig‘i to‘lovlarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganlikda;
Shuningdek, o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 1996 yildan 2010 yilning iyun oyiga qadar Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi tizimida faoliyat ko‘rsatib kelib, mansabdor shaxs bo‘la turib, mansab mavqeidan foydalanib, turmush o‘rtog‘i F.Muxammedova rahbarlik qilib kelayotgan Buxoro shahridagi “Akmali” shaxsiy kichik korxonasida norasmiy ravishda rahbarlik qilib kelib, Buxoro shahridagi “Dilkusho dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududidagi savdo do‘konini qarindoshi M.Mustafoyevga 2009 yildan Buxoro shahar hokimligi huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasidan tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan, Buxoro shahridagi “Akmali” shaxsiy kichik korxonasi rahbari F.Muxammedova bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib shu shaxsiy kichik korxonasiga qarashli savdo do‘konida o‘zini qonunsiz tadbirkorlik faoliyatini olib borishiga, qat’iy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turi ya’ni chakana savdo-nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan 2010 yilning 17 iyun kuni shug‘ullanib kelib xaridor J.Xakimovga 181.000 so‘mga bir dona kuzatuv kamerasi, birta perexodnik va birta blok pitaniyasini savdo chekini bermasdan Buxoro shahar “Dilkusho dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududida savdo faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, ushbu qat’iy belgilangan soliq to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida tegishli ro‘yxatdan o‘tmasdan, 2009-2010 yilning iyun oyiga qadar 6.713.815 so‘mlik qat’iy belgilangan soliq va 600.673 so‘m byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga majburiy yagona ijtimoiy to‘lovlarini jami 7.314.488 so‘mlik ko‘p miqdordagi majburiy soliq to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-sonli “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari” va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 26 dekabrdagi “Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat kassa mashinalarini majburiy qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi 621-sonli, 2002 yil 05 avgustdagi “Pul mablag‘larini bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 280-sonli qarorlari talablariga rioya qilmasdan aksincha ushbu qaror talablarini buzib 2010 yilning 17 iyun kuni chet elda ishlab chiqarilgan, kirim hujjatlari, sifat sertifikati bo‘lmagan jami 113 nomdagi 9.646.000 so‘mlik ko‘p miqdordagi tovar moddiy boyliklar savdosi bilan shug‘ullanib kelishiga sharoit yaratib berib, jami 18.648.112 so‘mlik juda ko‘p miqdordagi majburiy soliq to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblangan.
Biroq, A.Xaydarovni Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi tizimida faoliyat ko‘rsatib kelib, mansabdor shaxs bo‘la turib, mansab mavqeidan foydalanib, turmush o‘rtog‘i F.Muxammedova rahbarlik qilib kelayotgan Buxoro shahridagi “Akmali” shaxsiy kichik korxonasida norasmiy ravishda rahbarlik qilib kelganligi yoki norasmiy rahbar sifatida yagona soliq to‘lovini, ko‘p miqdordagi yer ijara va mulk solig‘i to‘lovlarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganligi, “Dilkusho” dehqon bozori hududida o‘zboshimchalik bilan qayta qurilish ishlarini amalga oshirilganligi, ko‘p miqdordagi tovar moddiy boyliklar savdosi bilan shug‘ullanib kelishiga sharoit yaratib berganligi, juda ko‘p miqdordagi majburiy soliq to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlaganligi biron-bir dalillar bilan isbotlab berilmagan.
Shu sababli, jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudining 2020 yil 04 iyundagi ajrimi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining 2011 yil 03 martdagi hukmining A.Xaydarovga nisbatan qismi bekor qilinib, uning qilmishida jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmaganligi sababli, jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JPK
83-moddasining 2 va 3-bandiga asosan tugatildi.
A.Xaydarov aybsiz deb topilib, oqlandi.
A.Xaydarovga o‘ziga yetkazilgan mulkiy, ma’naviy va boshqa ziyon oqibatlarini JPKning 304-313-moddalarida nazarda tutilgan tartibda bartaraf qilish huquqiga ega ekanligi tushuntirildi.