“Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-161-son, 17.04.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
🗓 2024 yil 1 iyundan MSK-64 shkalasi bo‘yicha 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot ob’ektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalash qurilmalari, shu jumladan seysmoizolyasiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
✔️ 2024 yil 1 iyuldan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa bo‘lgan ob’ektlarga bino va inshootlarning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarini avtomatik monitoring qilish uskunasini o‘rnatish majburiy etib belgilanadi.
✅ 2024 yil 1 iyulgacha respublikaning barcha tuman va shaharlari hududlari kesimida mintaqaviy akselerogrammalar raqamlashtiriladi hamda ularning onlayn bazalari shakllantiriladi.
📁2024 yil 1 avgustdan xavflilik omili III – IV toifa bo‘lgan ob’ektlarni hududning zilzilalar kuchini ko‘rsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalash va qurish tartibi joriy etiladi.
📌 2024 yil 1 iyundan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa bo‘lgan ob’ektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalash tartibi joriy etiladi.
🔍 2024 yil 1 iyulgacha texnik holati qoniqarsiz deb topilgan mavjud bino va inshootlarni “kompensasion in’eksiya texnologiyasi orqali mustahkamlash va deformasiyani oldingi holatiga qaytarish” uslubi orqali qayta tiklash ishlari eksperiment tariqasida amalga oshiriladi.
📄2024 yil 1 maydan zilzila xavfi va prognoziga oid xulosalarni har oyda joylardagi hokimliklarga kiritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
🏢 Zilzila muhandisligi olimlari assosiasiyasini (Assosiasiya) tashkil etiladi.