Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bill Klinton “Prezident qizi” nomli detektiv roman yozmoqchi

Bill Klinton “Prezident qizi” nomli detektiv roman yozmoqchi

AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton va amerikalik yozuvchi Jeyms Patterson birgalikda ikkinchi kitob yozishlari haqida ma’lum qilishdi. Bu safar kitobda AQSh prezidentining qizi o‘g‘irlanib ketilishi haqida gap boradi va asar  “Prezident qizi” (The President's Daughter) deb atalib, detektiv janrida bo‘ladi. Bu haqda Publishers Weekly nashri xabar berdi. 

Kitobdagi voqealar prezident qizining o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq. Roman 2021 yil iyunda nashr etilishi rejalashtirilmoqda. U bir vaqtning o‘zida ham kitob shaklida, ham audio va elektron shaklda nashr etiladi.

73 yoshli Klinton va yozuvchi Pattersonning birgalikda yozgan ilk romani “Prezident g‘oyib bo‘ldi” (The President is Missing) 2018 yilda Alfred A. Knopf va Hachette nashriyotida chop etilgan va butun dunyo bo‘ylab 3,2 mln donadan ko‘proq sotilgan. Ularning yangi romani ham aynan shu nashriyotda chop etiladi.

“Birinchi kitobimiz katta qiziqish bilan qabul qilinganini ko‘rish yoqimli bo‘lgandi va men “Prezident qizi” ham kitobxonlar qo‘liga tushishini juda istayman – ular afsus qilmaydilar”, deb ta’kidlab o‘tgan Jeyms Patterson.

AQShning 42-prezidenti Bill Klinton iste’foga ketgach, bir nechta ilmiy-ommabop va xotira asarlari hamda bir dona badiiy asar yozgan. Uning ilk kitobi - “Mening hayotim” deb nomlangan avtobiografiya va birinchi badiiy romani - “Prezident g‘oyib bo‘ldi” asari betsellerlarga aylangan.

Yozuvchi Jeyms Patterson detektiv va triller janrida 130dan ko‘proq asar yozgan. Uning birinchi romani “O‘rgimchak keldi” (Along Came a Spider) deb atalib, 1993 yil yanvarda nashr etilgan va sud psixologi haqidagi asarlar seriyasini boshlab bergan. Patterson dunyodagi eng katta haq oluvchi yozuvchilardan biri hisoblanadi. U 2019 yilda 70 mln dollar ishlab topgan. 

Kiritildi: 07:27 24.05.2020. O'qildi: 2254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!