Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Bill Geyts pandemiyalarni oldindan bashorat qiladigan tashkilot yaratishni taklif qilmoqda

A A A
Bill Geyts pandemiyalarni oldindan bashorat qiladigan tashkilot yaratishni taklif qilmoqda

Milliarder, Microsoft asoschisi va filantrop Bill Geyts yangi pandemiyalarni aniqlay oladigan xalqaro ekspertlar tashkilotini yaratish zarurligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Financial Times.

Geytsning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot xodimlari tarkibiga ham epidemiologlar, ham kompyuter ustalari kiradi. Ularning ish maqsadi global sog‘liqqa tahdidlarni tezda aniqlash va mamlakatlar o‘rtasidagi muvofiqlashtirishni yaxshilash bo‘ladi. Tashkilotning o‘zi, milliarderning so‘zlariga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan boshqarilishi kerak.

Shu bilan birga, Geyts yangi pandemiyaning oldini olish uchun katta sarmoyalar zarurligini ta’kidladi. "Menga bu fojiaga ko‘z yuma olishimiz va bu sarmoyalarni dunyo fuqarolari nomidan amalga oshirmasligimiz vahshiy tuyuladi", dedi u.

Fevral oyi boshida Microsoft asoschisi yana bir pandemiyaning oldini olish haqida kitob yozishini ma’lum qildi. Kitob “Keyingi pandemiyaning qanday oldini olish kerak?” deb nomlanadi va 2022 yil 3 mayda nashr etiladi.

Kiritildi: 13:09 02.05.2022. O'qildi: 3177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!