Yaqin-yaqingacha mashinalar odamning barcha ishini olib qo‘ya olmasdi. Biroq, Microsoft hammuassisi Bill Geytsning fikricha, tez orada buni sun’iy intellektli robotlar o‘zgartiradi.
Bill Geyts “The Verge” nashriga bergan intervyusida hozirda inson mehnati talab qilinadigan ko‘plab vazifalarni tez orada robotlar bajara olishini aytdi. Masalan, uylar qurish, oziq-ovqat yetishtirish va jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish shular jumlasidan.
Geytsning hisob-kitoblariga ko‘ra, agar sun’iy intellektning rivojlanishi sekinlashmasa, bu taxminan 20 yil ichida sodir bo‘ladi. Bunda robotlar mehnati arzonroq va samaraliroq amalga oshadi. Inson mehnati esa ko‘pchilik tovarlarni ishlab chiqarish va turli xizmatlar ko‘rsatish uchun kerak bo‘lmay qoladi.
Hammuassis fikricha, bu tovarlar narxining pasayishiga, tibbiy yordam sifatining yaxshilanishiga va taqchillikning kamayishiga olib kelishi mumkin. Biroq, bunday o‘tish malaka kamroq talab qilinadigan ishchilar uchun og‘riqli bo‘lishi mumkin.
Gumanoid robotlar, o‘z navbatida, jismoniy mehnatga, jumladan, qurilish va qishloq xo‘jaligiga xuddi shunday bosim o‘tkaza oladi.
Aqliy mehnatning ayrim sohalarida buni yaqin kelajakda ko‘rish mumkin. Masalan, sun’iy intellekt telefon orqali nimadir sotishi, mijozlarga xizmat ko‘rsatishi va buxgalteriya hisobini yuritadi. Shu bilan birga, texnologiya bu vazifalarni ancha arzon, tez va aniqroq bajaradi. Va Geyts taxminiga ko‘ra, sun’iy intellekt inson aql-zakovatidan yuqori darajaga yetganda, aqliy mehnat xodimlari tanqisligi yo‘q bo‘lib ketishi kutilayapti.
Gumanoid robotlar, o‘z navbatida, jismoniy mehnatga, jumladan, qurilish va qishloq xo‘jaligiga xuddi shunday bosim o‘tkaza oladi. Robototexnikaga investisiyalar, ayniqsa, Xitoyda o‘sib bormoqda. Geytsning fikricha, bu kam xarajat bilan jismoniy ishni bajara oladigan mashinalarni yaratish mumkinligidan dalolat beradi.
Shu bilan birga, Geyts avtomatlashtirish faqat salbiy oqibatlarga olib keladi, deb ta’kidlamaydi. Robotlar arzonroq uy-joylar qurishi mumkin, sun’iy intellekt kasalliklarni davolash usullarini ishlab chiqishda yordam beradi. Ha, texnologiyalar hayot darajasini oshirishi va asosiy xizmatlarni arzonlashtirishi mumkin. Biroq, mavjud ish o‘rinlari yo‘qolib borayotgan yoki o‘zgarayotgan bir paytda, afzalliklar qanday taqsimlanadi, degan savol tug‘iladi.
Geyts uni g‘oliblar va mag‘lublar paydo bo‘ladigan o‘tish davri tashvishga solayotganini tushuntirdi. Bu vaqtda muammolar yuzaga keladi deya fikr bildirdi u.
Ish insonga faqat maoshgina olib kelmaydi. U maqsad tuyg‘usini beradi, hayot tartibiga va hamkasblar bilan munosabatlarga ta’sir ko‘rsatadi. Agar mashinalar aqliy va jismoniy mehnatning ko‘p qismini o‘z zimmasiga olsa, jamiyat bandlik, daromad va hayot mazmunini izlashning murakkab masalalarini hal qilishi kerak bo‘ladi deya yozadi naked-science.ru.