Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talabalari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalari respublika final bosqichiga start berildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talabalari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalari respublika final bosqichiga start berildi

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi tashabbusi bilan Qarshi davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarining respublika final bosqichiga start berildi. Joriy yildagi musobaqalar Qarshi davlat universiteti va Qashqadaryo viloyatining boshqa oliy ta’lim muassasalari mezbonligida o‘tkazilmoqda.

“Besh tashabbus olimpiadasi” final bosqichining tantanali ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Sport vazirligi rahbarlari, Qashqadaryo viloyati hokimligi vakillari, shuningdek, sport sohasida e’tirof etilgan mutaxassislar marosimning faxriy mehmonlari sifatida tashrif buyurdilar.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida musobaqalar oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika, stritbol turlari bo‘yicha to‘rt bosqichda o‘tkazilmoqda.

Joriy yilda 147 ta oliy ta’lim muassasasida sportning 5 turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Ularda 441 869 nafar talaba ishtirok etdi.
Hududiy bosqichlarda g‘olib chiqqan jamoalar Qarshi shahrida 9-13 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan respublika final bosqichida ishtirok etmoqda. Joriy yilgi final bosqichida umumiy hisobda 574 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.

Mazkur musobaqalar yoshlarni jismoniy tarbiyaga jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va talabalar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, musobaqalar orqali iqtidorli yoshlarni kashf etish va ularni kelajakda professional sportga jalb qilish imkoniyati yaratiladi.

Kiritildi: 22:53 10.12.2024. O'qildi: 823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!