Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Beruniydan Toshkentga piyoda borgan Ravshan Yaxshimuradov Tatyana Karimova bilan nega uchrashdi?

A A A
Beruniydan Toshkentga piyoda borgan Ravshan Yaxshimuradov Tatyana Karimova bilan nega uchrashdi?

Beruniydan Toshkentga piyoda kelgan marafonchi Ravshan Yaxshimuradov Birinchi Prezidentimizning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova bilan uchrashdi. 

“Bizdan ozod va obod Vatan qolsin!”, “Elim deb, yurtim deb, yonib yashash kerak” degan buyuk g‘oyalarni ilgari surib, kelajak avlod uchun ibrat maktabini yaratgan Birinchi Prezidentimizning sharafiga piyoda marafon tashkillashtirib, u haqda kitob yozishni maqsad qilgan Ravshan yo‘l-yo‘lakay Samarqand shahrida bo‘lgan. Islom Karimovning qabrini ziyorat qilib, ta’lim olgan maktabini, uyini ko‘rib, Samarqand shahri aholisi bilan suhbatlashgan, to‘ylarda ishtirok etgan.

“Deyarli o‘n to‘rt kunlik yo‘l bosib, yo‘lda ko‘p narsalarni ko‘rdim, o‘zim kutgandan ham ko‘proq ma’lumot, eng muhimi, Birinchi Prezidentimiz to‘g‘risida kitob bo‘ladigan ma’lumotlar to‘pladim, odamlarning yashash sharoitlari bilan tanishdim. Toshkent shahrida Tatyana Karimova bilan uchrashdim”, deydi R.Yaxshimuradov.

Marafonchi ajoyib taassurotlar bilan Beruniyga qaytib keldi. Endi u taassurotlarini kitob qilib yozishni niyat qilmoqda. 

O‘zA

Kiritildi: 07:33 17.05.2018. O'qildi: 1638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!