Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Berlindagi Ukrainadan kelgan qochqinlarni qabul qiluvchi eng yirik markaz yopildi

Berlindagi Ukrainadan kelgan qochqinlarni qabul qiluvchi eng yirik markaz yopildi

Germaniya sobiq "Tegel" aeroporti o‘rnida joylashgan ukrainalik qochqinlar uchun eng yirik markazini yopishga qaror qildi.

Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar berdi.

Markaz, nashrga ko‘ra, minglab ukrainalik qochqinlar uchun vaqtinchalik uyga aylangan, biroq rasmiylar uni yangi shahar tumaniga aylantirmoqchi. Ular yangi kelgan ukrainaliklar soni kamaygani va ular uchun kichikroq, markazlashmagan uy-joylar yaratilishini aytishdi.

Yozning so‘nggi haftalarida ukrainaliklar Berlindagi boshqa boshpanalarga faol ko‘chirila boshlandi, maqsad shu yil oxirigacha markazni butunlay bo‘shatish.

"Tegel" avvallari 5000 dan ortiq qochqinlarni joylashtirgan bo‘lsa, hozir bu raqam 1500 ga kamaygan. Keyinchalik ular boshqa boshpanalarga, jumladan "Tempelgof" aeroporti ob’ekti va shaharning turli qismlaridagi yotoqxonalarga ko‘chiriladi.

"Tegel" gavjumligi va qochqinlar uchun yomon yashash sharoiti uchun qattiq tanqid qilingan. Odamlar vaqtinchalik boshpana va chodirlarda, ayrimlari yillar davomida yashab kelmoqda.

"Markazlashtirilmagan joylashtirish yukni mahallalar o‘rtasida taqsimlash va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yaratish demakdir", dedi Mehnat va integrasiya masalalari bo‘yicha senator Kanzel Kisiltepe.

"Tegel" aeroportini yangi turar-joy massiviga aylantirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlangan. Faol qurilish ishlari 2026 yilda boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 11:00 03.11.2025. O'qildi: 832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!