Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Berlin muzeyida 35 yil muzlatkichda saqlangan non namoyish etildi

Berlin muzeyida 35 yil muzlatkichda saqlangan non namoyish etildi

Berlinda g‘ayrioddiy eksponat paydo bo‘ldi: qariyb 35 yil davomida muzlatkichda saqlangan bir buxanka non endi muzeyda tarixiy ashyo sifatida namoyish etilmoqda.

Gap sobiq Sharqiy Germaniya — GDR davridan qolgan non haqida ketmoqda. Germaniya tarixiga bag‘ishlangan xususiy Deutschlandmuseum muzeyi uni 3 oktyabr — Germaniya birlashgan kun munosabati bilan maxsus muzlatkich vitrinasiga joylashtirdi.

Bu oddiy nonning tarixi esa 1990 yilga borib taqaladi. O‘sha yil iyun oyining oxirida talaba Mixael Xagedorn Sharqiy Berlindagi do‘kondan GDR markasiga ikki buxanka non sotib oladi. Chunki 1 iyuldan valyuta islohoti boshlanishi rejalashtirilgan, oila esa mahsulotlar taqchilligidan xavotirlangan edi.

Shu sababli nonning birini «qora kunlar» uchun muzlatib qo‘yishga qaror qilishadi. Ammo bu nonni keyinchalik hech kim yemaydi.

U o‘nlab yillar davomida muzlatkichda saqlanadi. Hatto oila bir necha bor ko‘chganida ham, non muzlatkichdan chiqarilmaydi.

Oradan qariyb 35 yil o‘tib, Xagedorn muzlatilgan nonni muzeyga topshirdi. Endi esa bir vaqtlar oddiy oziq-ovqat bo‘lgan bu mahsulot GDR davridagi kundalik hayotning g‘ayrioddiy guvohi sifatida namoyish etilmoqda.

Bir vaqtlar tanqislikdan qo‘rqib muzlatilgan non — bugun tarixning bir bo‘lagiga aylandi.

Kiritildi: 13:08 08.10.2026. O'qildi: 3027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!