Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Benzin berishga cheklovlar Moskva va Moskva viloyatiga yetib bordi

Benzin berishga cheklovlar Moskva va Moskva viloyatiga yetib bordi

Rossiya poytaxtidagi "Gazpromneft" yonilg‘i quyish shaxobchalari tarmoqlarida benzin berishga 30 litrlik cheklov joriy etildi, deb xabar bermoqda RBK.

Kompaniyaning nashrga aniqlik kiritishicha, shahardagi yonilg‘i quyish shaxobchalarda bir mijozga bir martalik zapravka uchun 60 litrdan ortiq bo‘lmagan dizel yonilg‘isi ham berilmoqda.

Bundan tashqari, bunday stansiyalarda kanistralarga yonilg‘i quyib berilmayapti. Trassalardagi yonilg‘i quyish shaxobchalarda esa limitlar farq qiladi: haydovchilarga 30 litrdan ko‘p bo‘lmagan benzin yoki 200 litrgacha dizel yonilg‘isi berilmoqda.

Cheklovlar joriy etilgani haqida Moskvadagi "Lukoyl" va Teboil yonilg‘i quyish shaxobchalari ham ma’lum qildi. "Lukoyl" stansiyalaridan birida bir mijozga 30 litrdan ko‘p bo‘lmagan yonilg‘i berilayotgan bo‘lsa, boshqa ikkitasida — 20 litrdan ortiq berilmayapti va kanistralarga quyilmayapti, deb yozmoqda RBK nashri.

"Teboil" yonilg‘i quyish shaxobchalaridan birida nashr muxbiriga (o‘zini haydovchi deb tanishtirib, limitlar haqida so‘raganda) sotuvda 92-benzin borligi va bir mijoz 30 litrgacha yonilg‘i olishi mumkinligi aytilgan. Boshqa bir shahobchada esa tarmoqning barcha yonilg‘i quyish shaxobchalarida benzin berish bo‘yicha qo‘lga 20 litrlik cheklov mavjudligi, dizel bo‘lgan taqdirda u ham 60 litrgacha sotilayotgani ma’lum qilingan.

Avvalroq Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Aleksandr Novak mamlakatda ichki bozorni ta’minlash uchun yetarli hajmda yonilg‘i shakllantirilganini, dizel zaxiralari esa hatto haddan tashqari ko‘pligini bayonot qilgan edi. U, shuningdek, bozordagi sun’iy talabning oshishiga fuqarolar o‘rtasidagi vahima sabab bo‘lganini ta’kidladi.

Putin o‘tgan kuni Ukraina Qurolli Kuchlarining zarbalari tufayli yonilg‘i taqchilligi "bor, lekin kritik darajada emas"ligini tan oldi. U muammoning yechimi sifatida "eng xaridorgir havo hujumidan mudofaa vositalarini ishlab chiqarishni tez va sezilarli darajada oshirish"ni ko‘rmoqda. Shu bilan birga, Kreml rahbari hozirda Qrimda yonilg‘i bo‘yicha "bir necha kunlik zaxira" borligini qayd etdi.

"Biz bu yetkazib berishlarni qurliq orqali ham, dengiz orqali ham ko‘paytiramiz. Men bu vazifa bajarilishiga ishonaman", — deya ishontirdi u teleko‘rsatuv tomoshabinlarini. Biroq u anneksiya qilingan yarim orolga olib boruvchi ko‘priklar va parom kechuvlarining Ukraina tomonidan o‘qqa tutilishi muammosini aynan qanday hal qilmoqchi ekanligiga aniqlik kiritmadi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 13:59 29.06.2026. O'qildi: 1197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!