Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Benzema: «Rodri — yaxshi o‘yinchi, ammo «vau» deb yuboradigan hech nima qilmadi»

A A A
Benzema: «Rodri — yaxshi o‘yinchi, ammo «vau» deb yuboradigan hech nima qilmadi»

Karim Benzemaning fikricha, Rodri «Oltin to‘p»ga loyiq emas.

28 oktyabr kuni «Manchester Siti» klubi va Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi France Football talqiniga ko‘ra dunyoning 2024 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ikkinchi o‘rinni «Real» klubining braziliyalik vingeri Vinisius Junior egalladi.

«Vinisius bilan gaplashdim, u xafa va bu normal. U «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga loyiq edi.

Rodriga qarshiligim yo‘q, u yaxshi futbolchi... Lekin men divanda televizor ko‘rib o‘tiraman va Rodri sizni «vau» deyishga majbur qiladigan hech narsa ko‘rsatmaydi. Vini esa buni bir necha marta qilgan.

O‘ylaymanki, bu — juda og‘ir lahza. Butun dunyo sening «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishingni kutmoqda va oxir-oqibat bu sodir bo‘lmasligini aytishadi. Vinisius — yaxshi yigit. U harakat qilishda davom etadi va bir kun kelib «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi», — dedi madridliklarning sobiq futbolchisi El Chiringuito'ga bergan intervyusida.

Kiritildi: 14:40 30.10.2024. O'qildi: 917 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!