"Al-Ittihod" hujumchisi Karim Benzema Saudiya Arabistoni chempionatidagi o‘yinlari tarixida klubning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Futbolchi "Al-Ittifoq"ga qarshi o‘yinda (3:2) gol urdi. Endi uning hisobida turnirdagi 27 ta gol bor, bu klubning yangi rekordi hisoblanadi.
U jamoa safida jami 58 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol urgan va 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan.