Beninda harbiylar davlat to‘ntarishi orqali hukumatni egallab oldi. Bu haqda France 24 xabar berdi.
Telekanalning mahalliy manbalariga tayanib xabar berishicha, bugun ertalab Benin prezidenti Patris Talonning poytaxt Kotonu shahrida joylashgan uyi hujumga uchragan. Prezident qayerdaligi hozircha noma’lum.
Podpolkovnik Paskal Tigri boshchiligidagi harbiylar BTV milliy telekanalini egallab oldi. Harbiylar telekanal orqali prezident Talon lavozimidan chetlatilganini e’lon qilishdi.
Shuningdek, podpolkovnik Tigri Benin boshqaruvi “Tiklanish bo‘yicha harbiy qo‘mita”si qo‘liga o‘tganini, o‘zi esa unga raislik qilishini ma’lum qildi.