Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Bemor qiz nomiga xalqdan yig‘ilgan pullarni o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi

Bemor qiz nomiga xalqdan yig‘ilgan pullarni o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘istonda yashovchi betob qiz nomidan akkaunt ochib, xalqdan yig‘ilgan pullarni o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi ayol I.G. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uning qizining fotosuratini ijtimoiy tarmoqlarga joylaganini bildirgan va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi D.M. sodir etgani aniqlangan.

Bildirilishicha, gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan D.M., arizachi I.G.ning betob qizi X.L.ning nomidan akkaunt ochib, uning fotosurati va video tasvirlarini hamda o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartalarini uning nomidan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarga joylagan va operasiya uchun xalqdan yordam puli so‘rab, aldash yo‘li orqali fuqarolarning xayriya tariqasida o‘tkazgan pullarini o‘zlashtirib kelgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan D.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 23:48 28.09.2024. O'qildi: 1500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!