Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Belgiyaning talablari tufayli YEI Rossiya aktivlarini ekspropriasiya qila olmaydigan bo‘ldi

Belgiyaning talablari tufayli YEI Rossiya aktivlarini ekspropriasiya qila olmaydigan bo‘ldi

Bryussel sammitida Yevropa Ittifoqi yetakchilari Belgiya uchun cheksiz moliyaviy kafolatlarni rad etishdi, bu esa Rossiya aktivlarini "reparasiya krediti" sxemasi bo‘yicha ekspropriasiya qilishni imkonsiz qildi.

Bu haqda Britaniyaning Financial Times gazetasi xabar bermoqda.

"Belgiya o‘zi duch kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risklarni qoplash uchun cheksiz reparasiya krediti niqobi ostida Rossiya aktivlarini musodara qilish kafolatlarini talab qildi. Boshqa rahbarlar bu shartlarni rad etishdi", deb yozadi gazeta manbalarga tayanib.

Sammitda Kiyevni kelasi ikki yil davomida umumevropa krediti hisobidan 90 milliard yevro moliyalashtirishga kelishib olindi. Germaniya kansleri Fridrix Mers sammit yakunlari bo‘yicha Kiyev uni nol foiz bilan oladi, dedi.

Kiritildi: Bugun 11:20. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!