Bryusselning Zaventem shahridagi xalqaro aeroporti yaqinida ketma-ket ikki kun davomida dronlar uchib kelayotgani kuzatilmoqda.
Bu haqda Belgiya aviadispetcheri Skeyes xabar bermoqda.
Operatorning so‘zlariga ko‘ra, 12 sentyabr kuni aeroport faoliyati to‘xtatilmagan. Skeyesning xabar berishicha, aviadispetcherlar dronni vizual va raqamli kuzatuv tizimlaridan foydalangan holda aniqlagan.
Ta’kidlanishicha, 11 sentyabr kuni kechqurun dron haqidagi xabar tufayli aeroport qo‘nishni 25 daqiqaga to‘xtatib qo‘ygan va uchta samolyot boshqa aeroportlarga yo‘naltirilgan.