Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Belgiyada 112 ming muhojir noqonuniy yashamoqda

A A A
Belgiyada 112 ming muhojir noqonuniy yashamoqda

Belgiyada 112 ming muhojir uzoq yillardan beri yashash va ishlash ruxsatnomasisiz yashab kelmoqda.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, Bryussel erkin universiteti (VUB) tadqiqotchilari Piter-Pol Verxege va Silvi Gadeyn 11,5 million kishilik mamlakatda “hujjatsiz shaxslar” sonini hisoblab chiqdi.

Ularga ko‘ra, mamlakatda 112 ming noqonuniy migrant bor, bu aholi soni bo‘yicha mashhur sayyohlik shahri Bryugge bilan solishtirish mumkin. Deyarli yarmi, ya’ni 52 ming muhojir poytaxt Bryusselda istiqomat qiladi.

Bu raqamning aksariyati Belgiyaga noqonuniy ravishda kelgan va rasman ro‘yxatdan o‘tmagan Jazoir, Tunis, Afg‘oniston, Pokiston va boshqa qator davlatlar fuqarolaridir.

Kiritildi: 21:13 12.04.2023. O'qildi: 1378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!