Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Belgiya TIV: "Rossiyaning dronlari Polshaga bostirib kirishi jiddiy masala"

Belgiya TIV: "Rossiyaning dronlari Polshaga bostirib kirishi jiddiy masala"

Rossiya dronlarining Polsha havo hududiga bostirib kirishi munosabati bilan Belgiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Belgiyadagi elchisi Denis Gonchar va Rossiyaning Bryusseldagi muvaqqat ishlar vakilini tushuntirish uchun chaqirdi.

Bu haqda Belgiyaning Belga axborot agentligi TIV rasmiy bayonotiga tayanib xabar berdi.

Uchrashuvda Belgiya tomoni sodir bo‘lgan voqealarga o‘z nuqtai nazarini bildirib, hodisani Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat havo hududiga "qasddan bostirib kirish" deb atadi va buni "Rossiya tomonidan Yevropa Ittifoqi va NATOga nisbatan keskinlikning jiddiy kuchayishi" sifatida baholadi.

Eslatib o‘tamiz, 10 sentyabr kuni ertalab Polsha Qurolli kuchlarining tezkor qo‘mondonligi mamlakat havo chegaralarini buzgan dronlar deb aniqlangan bir nechta ob’ektlar yo‘q qilingani haqida xabar bergan edi. Bosh vazir Donald Tusk 9 sentyabrdan 10 sentyabrga o‘tar kechasi 19 ta havo hududi buzilishi qayd etilgani va aniqlangan barcha dronlar Belarusdan kelganini ma’lum qildi. Voqeaga javoban Polsha Shimoliy Atlantika shartnomasining 4-moddasini qo‘llash tashabbusi bilan chiqdi va NATOdan ittifoq a’zolari o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkazishni so‘radi.

Kiritildi: 10:50 12.09.2025. O'qildi: 593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!