Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Belarus prokuraturasi Tixanovskayaga nisbatan jinoiy ish ochdi

Belarus prokuraturasi Tixanovskayaga nisbatan jinoiy ish ochdi

Belarus prokuraturasi prezident Aleksandr Lukashenkoning asosiy raqibi, muxolifatchi Svetlana Tixonovskayaga nisbatan jinoiy ish ochdi. Mahalliy BelTa agentligining ma’lumotiga ko‘ra, Tixanovskaya terroristik akt sodir etishga urinishda ayblanmoqda.

O‘tgan hafta rasmiylar, Minskda va Borisov tuman markazi yaqinidagi harbiy qism hududida portlashlar sodir qilmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar qilgan edi. Minsk ushbu g‘arazli niyat muxolifatga tegishli ekanini ma’lum qildi. Muxolifat esa barcha ayblovlarni rad etdi.

Dushanba kuni bosh prokuror teraktlarni uyushtirshda aynan Tixanovskayaning qo‘li borligini ta’kidladi.

Kiritildi: 12:04 06.04.2021. O'qildi: 1922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!