Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Belarus prezidenti: “Evropaliklar bizga, Rossiyaga va Xitoyga gibrid urushini olib borishni mo‘ljallash bilan navbatdagi urushga undamoqda”

A A A
Belarus prezidenti: “Evropaliklar bizga, Rossiyaga va Xitoyga gibrid urushini olib borishni mo‘ljallash bilan navbatdagi urushga undamoqda”

Evropaliklarning Belarus bilan ziddiyati natijasida navbatdagi jahon urushi kelib chiqishi mumkin.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning “Sky News Arabia” axborot manbasiga bergan intervyusida shunday deyilgan.

“Evropaliklar bizga, Rossiyaga va hatto Xitoyga gibrid urushini olib borishni mo‘ljallash bilan nafaqat keskin ziddiyat o‘chog‘ini yaratmoqda, balki navbatdagi urushga undamoqda”, dedi Lukashenko.

“RIA Novosti” xabariga ko‘ra, Lukashenko “evropaliklar” deganda xalqlarni emas, nooqilona siyosat yurituvchi siyosatchilarni nazarda tutayotganini qo‘shimcha qilgan.

Kiritildi: 10:20 22.07.2021. O'qildi: 2631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!