Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Bektemir Meliqo‘ziyevning raqibi va jang sanasi ma’lum

Bektemir Meliqo‘ziyevning raqibi va jang sanasi ma’lum

Bektemir Meliqo‘ziyevning raqibi va jang sanasi ma’lum. U chempionlik kamari yo‘lidagi Eliminator jangini o‘tkazadi.

Bu haqda insayder Jalol Ahmedov o‘zining X'dagi sahifasida xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Meliqo‘ziyev 30 may kuni o‘zi hamkorlik qiladigan Golden Boy promouterlik kompaniyasi Las-Vegas shahrida tashkil etadigan prof boks oqshomi doirasida ringga qaytadi. 29 yashar hamyurtimizga o‘sha kuni amerikalik Daryus Fulgxem raqiblik qiladi.

Jang supero‘rta vazn toifasidagi WBA Eliminatori maqomida o‘tkaziladi. Meliqo‘ziyev ayni damda ushbu tashkilot reytingida uchinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Fulgxem to‘rtinchi pog‘onada bormoqda.

Ma’lumot uchun, Bektemir faoliyati davomida hozirga qadar 16 ta jang o‘tkazib, 15 ta g‘alaba (10 KO) va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Daryus hisobida esa 14 ta jangda qo‘lga kiritilgan 14 ta g‘alaba (12 KO) bor.

Kiritildi: 19:42 26.04.2025. O'qildi: 654 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!