Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Bekobodlik erkak tanishini u bilan salomlashmagani uchun pichoqlab qo‘ydi

Bekobodlik erkak tanishini u bilan salomlashmagani uchun pichoqlab qo‘ydi

Toshkent viloyati Bekobod shahrida 4 yanvar kuni mardikor erkak markaziy buyum bozorida tanishini salom bermagani uchun pichoqladi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021 yilning 4 yanvar kuni soat 10:40 atrofida fuqaro A. P. spirtli ichimlik ta’sirida Bekobod shahar markaziy buyum bozoriga kelib, u yerda turgan tanishi A. S. bilan salomlashmoqchi bo‘lgan. Lekin A. S. uning mast holatda ekanligini, uyiga borishini aytib, uning oldidan ketib qolgan.

Bundan A. P.ning jahli chiqib, mazkur bozor hududida joylashgan oshxonaga kirib, stol ustida turgan oshxona pichog‘i bilan, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, A. S.ning orqasidan borib, unga bepisand munosabatda bo‘lding, deya hech bir sababsiz qorin bo‘shlig‘iga bir marotaba urib, qasddan tan jarohati yetkazgan.

Oqibatdada fuqaro A. S. Bekobod shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan Bekobod shahar Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «y» va «l» bandlari (Bezorilik oqibatida, qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 19:25 07.01.2021. O'qildi: 3019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!