Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Bekobodda yana bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlandi

Bekobodda yana bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlandi

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati Bekobod shahridagi 15-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan holat yuzasidan bayonot bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, bugun soat 09:30larda Bekobod shahridagi 15-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachilari 2 nafar tarbiyalanuvchi o‘zini noxush his qilayotganini sezishgan.

Zudlik bilan bolalar mutaxassis shifokor ko‘rigidan o‘tkazilgan. Tibbiy tekshiruv davomida, ularga ovqatdan zaharlanish to‘g‘risidagi dastlabki tashxis qo‘yilgan.

O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida, muassasaning qolgan barcha tarbiyalanuvchilari tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tekshiruv mobaynida yana 9 nafar bolada ovqatdan zaharlanish ehtimoli aniqlangan. Ayni paytda ular shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.

Hozirda bolalarning ahvoli qoniqarli, vaziyat shifokorlarning qat’iy nazorati ostida.

Mazkur holat bo‘yicha ichki ishlar va prokuratura idoralari tomonidan tegishli tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:29 27.09.2019. O'qildi: 2793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!