Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Bekobod dehqon bozori” MCHJ sobiq nazoratchisining talon-torojliklari fosh etildi

A A A
“Bekobod dehqon bozori” MCHJ sobiq nazoratchisining talon-torojliklari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Bekobod dehqon bozori” MCHJ sobiq bosh nazoratchisi K.T. tadbirkorlardan yig‘ilgan kunlik tushumning 287,3 mln so‘mini, shuningdek MCHJning korporativ bank plastik kartasidagi 19,9 mln so‘mni shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborib, jami 307,2 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan K.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 

Kiritildi: 11:47 21.04.2021. O'qildi: 2676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!