Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda to‘rtta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

A A A
Toshkentda to‘rtta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

Toshkentda to‘rtta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

bdae1943-7dfc-4f11-a4f3-511b2151aa20

Ma’lum qilinishicha, Ohangaron yo‘li ko‘chasidan Parkent ko‘chasiga o‘tish uchun yer sathi bo‘ylab Temur Malik ko‘chasida tashkil etilgan ortga burilib olish joyi yopilganligi munosabati bilan 9 maydan boshlab, 30, 95, 110 va 129-sonli avtobus yo‘nalishlarining to‘g‘ri yo‘nalishdagi shaharning markaziy qismlari tomon harakati, Ohangaron yo‘li ko‘chasidan T.Malik ko‘chasiga kirmasdan, Parkent ko‘chasi orqali uch qavatli yo‘l o‘tkazgichning tonnel qismi orqali o‘zgartiriladi.

bdae1943-7dfc-4f11-a4f3-511b2151aa20

bdae1943-7dfc-4f11-a4f3-511b2151aa20

Foto: “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati

Bundan tashqari, yo‘lovchilardan kelib tushgan murojaatlar asosida 72-sonli Aviasozlar—Jomiy maydoni avtobus yo‘nalishining ish boshlash vaqti soat 5:30 dan 5:00 ga uzaytirilganligi ma’lum qilindi.

Kiritildi: 10:01 09.05.2024. O'qildi: 917 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!