Bugun 17 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

BBC: Janubiy Koreya prezidenti ko‘rsatma berishdan bosh tortdi

BBC: Janubiy Koreya prezidenti ko‘rsatma berishdan bosh tortdi

Lavozimidan chetlatilgan prezident Yun Sok Yol ikki kundan buyon hibsda saqlanmoqda. Hozirda sud Yunning advokatlari tomonidan bildirilgan dalillarni tinglamoqda. Advokatlarga ko‘ra, uning hibsga olinishi haqidagi order haqiqiy emas.

15 yanvar kuni Janubiy Koreya polisiyasi prezidentni ikkinchi urinishda hibsga olishga muvaffaq bo‘ldi. Yun Sok Yolga isyon va vakolatlarni suiiste’mol qilish bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.

Dekabr oyi boshida Yun mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga muvaffaqiyatsiz uringan edi. Shundan so‘ng parlament uni isyonga urinishda aybladi va 14 dekabr kuni unga impichment e’lon qildi.

Yun Sok Yol prezidentlik vazifalarini bajarishdan chetlatilgan, ammo uni lavozimidan chetlatish uchun impichment Konstitusiyaviy sud tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Konstitusiyaviy sud hali yakuniy qaror chiqarmaganligi sababli, u rasmiy ravishda prezident bo‘lib qolmoqda. Endi sud uning lavozimidan butunlay chetlatilishini yoki vakolatlarini tiklashni hal qilishi kerak.

Kiritildi: 18:12 16.01.2025. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!