Kutilishicha, 76 yoshli qirol Italiya parlamenti oldida nutq so‘zlaydi va mamlakat bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashadi.
Mart oyi oxirida Charlz III davolanishning nojo‘ya ta’sirlari tufayli rejalashtirilgan tadbirlarni qoldirgan edi. O‘shanda Bukingem saroyi qirolning Vatikanga tashrifi Rim papasi Fransiskning sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli keyinga surilganini ma’lum qilgan edi.
Ma’lum qilinishicha, Charlz III Italiyaga tashrifi chog‘ida kasalxonadan chiqqan 88 yoshli papa Fransisk bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilmagan.