Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Baydenning ma’qullash reytingi uning prezidentligi davridagi rekord darajaga tushib ketdi

Baydenning ma’qullash reytingi uning prezidentligi davridagi rekord darajaga tushib ketdi

Isroilning HAMAS tashkilotiga qarshi urushi fonida Jo Baydenning AQSh prezidenti sifatidagi faoliyatini amerikaliklar tomonidan ma’qullanishi darajasi 40 foizga tushdi. Bu demokratning davlat rahbari sifatidagi butun faoliyati uchun minimal ko‘rsatkichdir. Bu haqda 19 noyabr, yakshanba kuni e’lon qilingan NBC News milliy so‘rovi ma’lumotlarida aytilgan.

Ushbu hujjatga ko‘ra, AQShda Baydenning prezidentlik faoliyatini ma’qullamaganlar ulushi 57 foizga yetgan. Taqqoslash uchun: joriy yilning yanvar oyida shunga o‘xshash so‘rovda Baydenning prezident lavozimidagi ishini ma’qullaganlar ulushi 46 foizni, ma’qullamaganlar esa 50 foizni tashkil qilgan.

Tadqiqot mualliflari fikricha, bunday natijalar amerikaliklar tomonidan Jo Baydenning tashqi siyosati, birinchi navbatda, uning HAMAS tashkilotiga qarshi urushda Isroil harakatlariga nisbatan pozisiyasi past darajada ma’qullanishi bilan bog‘liq. Respondentlar atigi 33 foizi Jo Bayden ma’muriyatining tashqi siyosatini ijobiy baholagan. Respondentlarning 62 foizi qarshi fikr bildirgan. Xususan, so‘rovda qatnashgan saylovchilarning 34 foizi Baydenning Isroilga nisbatan pozisiyasini ma’qullagan, 56 foizi esa norozi.

So‘rov 10-noyabrdan 14-noyabrgacha ro‘yxatga olingan 1 ming nafar amerikalik saylovchilar o‘rtasida o‘tkazildi.

Kiritildi: 07:57 20.11.2023. O'qildi: 985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!