Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Baydenda Parkinson kasalligi mavjud emas va ushbu xastalik bilan oldin ham og‘rimagan

Baydenda Parkinson kasalligi mavjud emas va ushbu xastalik bilan oldin ham og‘rimagan

AQSh Prezidenti Jo Baydenda Parkinson kasalligi mavjud emas va ushbu xastalik bilan oldin ham og‘rimagan.

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer ma’lum qildi.

"Prezident Parkinson kasalligi bilan davolanmayapti va bu bo‘yicha hech qanday dori-darmon qabul qilmayapti. Aniqrog‘i, Bayden Parkinsonga umuman chalinmagan", — deya javob bergan Jan-Pyer.

Biroq Oq uy matbuot kotibi Baydenning yillik tibbiy ko‘riklar doirasida uch marta nevrologga tashrif buyurganini ta’kidladi.

Avvalroq The New York Post nashri Oq uyga tashrif buyuruvchilarga tayanib, AQSh Prezidentining davolovchi shifokori Kevin O'Konnor 2024 yilning yanvar oyida Parkinson kasalligiga ixtisoslashgan nevrolog Kevin Kanard bilan uchrashgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 13:04 09.07.2024. O'qildi: 635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!