Shimoliy Koreya Janubiy Koreya va Ukrainaning Rossiya tomonida jang qilish uchun Ukrainaga askarlar yuborayotgani haqidagi ayblovlarni asossiz mish-mishlar deb baholadi. Bu haqda Janubiy Koreyaning "Ryonhap" axborot agentligi Shimoliy Koreyaning BMTdagi vakiliga tayanib xabar berdi.
Bu Pxenyanning Rossiyaga harbiy xizmatchilarni yuborish haqidagi birinchi rasmiy izohidir. Shimoliy Koreya vakillari, shuningdek, ularning Rossiya bilan munosabatlari «qonuniy va hamkorlikka asoslangan» ekanini, Ukraina bilan urushda yordam haqidagi ma’lumotlar esa Pxenyanni qoralash va uning Moskva bilan munosabatlariga putur yetkazishga urinish ekanligini ta’kidladi.
Oktyabr oyi boshidan beri ommaviy axborot vositalari Shimoliy Koreya askarlari Ukraina bilan urushga jo‘natilgani haqida yozmoqda. 18 oktyabr kuni Janubiy Koreya razvedka agentligiga tayanib, Shimoliy Koreya 12 ming harbiy xizmatchini, shu jumladan maxsus bo‘linmani Ukrainadagi urushga yuborishi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Shu kuni Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidagi ishtirokini muhokama qilish uchun razvedka, armiya va milliy xavfsizlikning asosiy mutasaddilari bilan xavfsizlik masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.