Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Bayden va fon der Lyayen Rossiyaga qarshi choralar va Kiyevga yordamni muhokama qildilar

A A A
Bayden va fon der Lyayen Rossiyaga qarshi choralar va Kiyevga yordamni muhokama qildilar

AQSh prezidenti Jo Bayden Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen bilan telefon orqali Ukrainaga yordam berish va Rossiyaga qarshi choralarni muhokama qildi.

Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Telefon muloqoti chog‘ida tomonlar mojaro yuzasidan «Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Rossiyani javob berishga chaqirish borasidagi sa’y-harakatlarni muhokama qildilar.»

Bayden fon der Lyayenni uning lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi. Ular «AQSh va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mustahkam munosabatlarga, shuningdek, dunyodagi eng yirik muammolarni birgalikda hal qilishga sodiqligini tasdiqladilar.»

Kiritildi: 11:26 21.07.2024. O'qildi: 1159 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!