AQSh va ittifoqchilar Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishga qodir emaslar va Kiyevga yordam berishda davom etishlari kerak . Bu haqda Amerika prezidenti Jo Bayden Davlat departamentida tashqi siyosat bo‘yicha yakuniy nutqi chog‘ida ma’lum qildi , deb yozadi “RIA Novosti” .
Davlat rahbarining fikricha, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish zarur. “Biz keta olmaymiz. Biz nafaqat Yevropada, balki Osiyoda birinchi marta Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 50 ta davlatni birlashtirdik”, — deya qo‘shimcha qildi u.