Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bayden siyosatga qaytmoqchi, ammo demokratlar bunga rozi emas

Bayden siyosatga qaytmoqchi, ammo demokratlar bunga rozi emas

Bu haqida NBC News xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq AQSh prezidenti Jo Bayden Demokratik partiya yetakchilariga mablag‘ to‘plash, kampaniya o‘tkazish va demokratlarning yo‘qotilgan pozisiyalarini qaytara olishi uchun zarur choralarni ko‘rishni taklif qilgan. Biroq partiya yetakchilari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamagan.

"Hozircha Baydenning urinishi muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Demokratlar o‘ziga ishonadigan va kuchli yangi yetakchi izlamoqda. Partiyaning ko‘plab faollari va homiylariga ko‘ra, bu odam Bayden emas. Uning nomi 2024 yildagi mag‘lubiyat bilan bog‘langan va 82 yoshili Bayden partiyaning kelajagidan ko‘ra ko‘proq o‘tmish ramzidir", deyiladi maqolada.

Kiritildi: 15:42 22.03.2025. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!