AQSh yetakchisi Jo Bayden 2024 yilgi prezidentlik poygasidan chiqish qaroridan afsusda ekanini aytib, saylangan prezident Donald Trampni mag‘lub etishi mumkinligini ta’kidladi.
The Washington Post nashrining yozishicha, Bayden o‘zining yaqin hamkorlari bilan bo‘lgan shaxsiy suhbatlarida shunday e’tirof etgan va bir vaqtning o‘zida uning prezidentligi Tramp hokimiyatga kelganidan keyin kuchaygan jamiyatdagi bo‘linishni bartaraf eta olmagani haqidagi xulosani aytgan.
Maqolaga ko‘ra, Bayden uchun asosiy muammolardan biri uning boshqaruv uslubi har doim ham zamonaviy siyosat haqiqatiga mos kelmasligi edi.