«Men Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaraga tayyor emasman, hozircha u bilan gaplashishga jiddiy sabab yo‘q».
Bu haqda AQSh prezidenti Jozef Bayden Vashingtondagi NATO sammitidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi «TASS».
“Men kelishuvga erisha olmaydigan dunyo yetakchisi yo‘q va men Putin bilan muzokara olib borishga tayyor emasman. Buning uchun u xatti-harakatlarini o‘zgartirishi kerak ", dedi Bayden.
Shu bilan birga, Bayden Rossiya prezidenti qo‘ng‘iroq qilsa, u bilan gaplashishga tayyorligini ta’kidladi.