Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bayden 2500 ga yaqin giyohvand moddalar jinoyatchisi uchun jazoni o‘zgartiradi

Bayden 2500 ga yaqin giyohvand moddalar jinoyatchisi uchun jazoni o‘zgartiradi

AQSh prezidenti Jo Bayden giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblangan 2500 ga yaqin kishining jazo muddatini almashtirdi. Bu haqda TASS yozmoqda.

Oq uy matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan Bayden bayonotida shunday deyilgan:

"Bugun men zo‘ravonlikdan tashqari giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblangan 2500 ga yaqin odamning jazosini yumshatdim, ular bugungi qonunlar, siyosatlar va amaliyotlar bo‘yicha hukm qilinganiga nisbatan nomutanosib ravishda uzoq muddatga jazoni o‘tamoqda".

Qayd etilishicha, Bayden AQSh tarixidagi eng ko‘p avf va yengilliklarni e’lon qilgan prezidentga aylandi.

Kiritildi: 18:09 17.01.2025. O'qildi: 702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!