Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

“BAXTLI BOLALIK”, “BOLALARGA MA’RIFAT ULASHIB”, “MA’RIFAT TUR” LOYIHALARI O‘TKAZILDI (FOTO)

A A A
“BAXTLI BOLALIK”, “BOLALARGA MA’RIFAT ULASHIB”,  “MA’RIFAT TUR” LOYIHALARI O‘TKAZILDI (FOTO)

Bolalik inson umrining eng beg‘ubor, orzu-umidlarga to‘la jo‘shqin va haroratli damdir. Bolaning kulgusi, ko‘zlaridagi quvonch butun olamni yoritadigandek go‘yo. Xalqimiz azaldan bolajon xalq, bunga tariximizdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Bugun ham yurtimizda turli sohalarda olib borilayotgan islohotlar qatorida ertamiz egalari bo‘lgan farzandlarimiz manfaatlarini himoya qilish, ularning jahon andozalariga muvofiq bilim olishi, ma’naviy kamol topishi uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilgan. Shuning barobarida ularning maroqli xordiq chiqarishini tashkil etish maqsadida turli ko‘ngilochar tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bugun mamlakatimizda Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har-bir bolaga mehr va e’tibor ko‘rsatilmoqda. Buni birgina “Mehr” operasiyalari davomida Vatanimizga qaytarilgan bolalar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Bu borada “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati ham ularning hayotga qayta moslashuvi, bilim olishi uchun o‘z hissasini qo‘shib kelayotgani hech birimizga sir emas. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun ham “Ma’naviyat festivali” doirasida “Bolalarga ma’rifat ulashib”, “Ma’rifat tur”, “Baxtli bolalik” loyihalarini amalga oshirib kelinmoqda.

Joriy yilning 5-6 iyun kunlari “1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat va notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan “Anhor-Lokomativ” bog‘ida o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbir ham bir necha ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtirdi.

“Ma’rifat tur” loyihasi doirasida Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qarib uch ming nafar farzandlari ishtirok etdi.

“BAXTLI BOLALIK”, “BOLALARGA MA’RIFAT ULASHIB”,  “MA’RIFAT TUR” LOYIHALARI O‘TKAZILDI (FOTO)“BAXTLI BOLALIK”, “BOLALARGA MA’RIFAT ULASHIB”,  “MA’RIFAT TUR” LOYIHALARI O‘TKAZILDI (FOTO)“BAXTLI BOLALIK”, “BOLALARGA MA’RIFAT ULASHIB”,  “MA’RIFAT TUR” LOYIHALARI O‘TKAZILDI (FOTO)“BAXTLI BOLALIK”, “BOLALARGA MA’RIFAT ULASHIB”,  “MA’RIFAT TUR” LOYIHALARI O‘TKAZILDI (FOTO)“BAXTLI BOLALIK”, “BOLALARGA MA’RIFAT ULASHIB”,  “MA’RIFAT TUR” LOYIHALARI O‘TKAZILDI (FOTO)

Unda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, psixolog, Respublika ekspertlar kengashi a’zosi Jamila Shermuhammedova, “O‘zbekfilm” kinostudiyasi aktrisasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Barno Kadirova, Alisher Atabayev, Rixsiboy Aliyevlar ishtirok etishdi.

Kitob – zamonlar to‘lqinida suzuvchi, o‘zidagi ma’nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab yetkazuvchi tafakkur kemasidir. Uning har bir sahifasi hikmatlarga boy va dillarga ro‘shnolik kiritib, ezgu tuyg‘ularni uyg‘otmoqqa qodir. Kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitoblar sonini emas, kitobxonlar salmog‘ini oshirish hamda Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish asosiy maqsad qilib belgilangan.

“Bolalarga ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida bolalar ma’naviyatini yanada yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan kitoblar ko‘rgazmasi, yurtimizdagi ilm, fan, san’at va madaniyat vakillari hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, “Quvnoq sirk” tomoshasi barcha bolajonlarga manzur bo‘ldi. Surat chizishga qiziqadigan bolajonlar “Pannoga rasm chizish” dasturida o‘z orzularini surat orqali ifoda etishdi. Milliyligimiz aks etgan “Hunarmandchilik ko‘rgazmasi”da bolalar milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’ati yo‘nalishlari haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va iste’dodli bolalar ishtirokida konsert namoyish etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, bolajonlarni bayram bilan tabriklab, beg‘uborlik ularni tark etmasligini tilashdi. Yurtboshimiz va barcha ota-onalar ularga qattiq ishonishini, Vatan kelajagi ularga bog‘lik ekanini, shu bois puxta bilim olishlari, ajdodlarga munosib avlod bo‘lishi zarurligini ta’kidlashdi.

Ko‘zimiz quvonchi, bizning ertamiz va hayotimiz mazmuni bo‘lmish kichkintoylarimizga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari berildi. “Baxtli bolalik” xayriya dasturi barcha bolajonlarga manzur bo‘ldi.

Kiritildi: 10:30 09.06.2021. O'qildi: 21035 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!