Shu yilning 16 iyun kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor saidov Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Muloqotda O‘zbekiston – Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarimizning barcha jabhalarda izchil rivojlanayotganiga e’tibor qaratildi.
Kun tartibi oliy va yuqori darajadagi almashinuvlar, ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar, jumladan, IHT vazirlar yig‘ilishi kabi tadbirlar bilan boy. Shuningdek, Isroil-Eron mojarosining keskinlashuvi oqibatida yuzaga kelgan mintaqaviy vaziyat haqida fikr almashib, tinchlik va barqarorlikni saqlash muhimligini ta’kidladik, — deb yozadi Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanalida.