Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Baxtiyor Saidov Hindiston Bosh vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Hindiston Bosh vaziri bilan uchrashdi

Tomonlar keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirish borasida yangi imkoniyatlar yaratilayotganini qayd etdilar.

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Janobi Oliylariga qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining eng samimiy salomlarini yetkazdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik aloqalarining mustahkamlanayotganini yana bir bor tasdiqlandi hamda keng qamrovli hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishi muhokama qilindi.

Biz barcha sohalarda istisnosiz katta salohiyat mavjudligini ta’kidladik. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida yaqin hamkorlikni jadallashtirib, yanada aniq natijalarga erishish yo‘lida barcha imkoniyatlarni ishga solamiz, — deb yozadi TIV rahbari o‘zining Telegram kanalida.

Kiritildi: 16:32 07.06.2025. O'qildi: 587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!