Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

"Bavi" tayfuni Xitoyda 2800 dan ortiq aviareyslarning bekor qilinishiga sabab bo‘ldi

"Bavi" tayfuni Xitoyda 2800 dan ortiq aviareyslarning bekor qilinishiga sabab bo‘ldi

Xitoy aviakompaniyalari 12 iyul kuni kuchli "Bavi" tayfuni tufayli 2800 dan ortiq ichki reyslarni bekor qilishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi xabar berdi.

Yo‘lovchilarga ob-havo sharoiti va reyslarining holatini diqqat bilan kuzatib borish tavsiya etiladi.

11 iyul oqshomiga kelib, Xitoy aviakompaniyalari noqulay ob-havo sharoiti tufayli 1300 dan ortiq reyslarni kechiktirdi.

Bavi tayfuni mahalliy vaqt bilan soat 23:20 da sharqiy Chjeszyan provinsiyasiga yetib keldi. Siklon qirg‘oqqa yetib kelganida, Taychjou shahri yaqinida shamol tezligi 40 m/s ga yetdi.

Bo‘ron yaqinlashib kelayotgan bir paytda, Xitoyning sharqiy qismida qariyb 2 million kishi evakuasiya qilindi.

Kiritildi: 10:01 12.07.2026. O'qildi: 1128 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!