"Bavariya" yarim himoyachi Maykl Olise bilan shartnomani uzaytirishga qiziqish bildirmoqda.
Myunxen klubi 24 yoshli fransuz futbolchisining kelajagi haqidagi mish-mishlarga chek qo‘ymoqchi. "Bavariya" Olisega 2031 yilgacha maoshini ikki barobarga oshirgan holda shartnoma taklif qilishga tayyor.
Avvalroq, "Real Madrid" Olisening transferiga qiziqish bildirgani xabar qilingandi.
Olise 2024 yilning yozida "Kristal Pelas"dan "Bavariya"ga o‘tgan. O‘tgan mavsumda vinger barcha musobaqalarda 52 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi.