Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

"Bavariya" "Oklend" darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi

"Bavariya" "Oklend" darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi

"Bavariya" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 1-turida "Oklend"ni yirik hisobda mag‘lub etdi - 10:0.

O‘yin AQShning Sinuinnati shahridagi "TQL Stadium" arenasida bo‘lib o‘tdi.

Myunxenliklar safida Jamol Musiala uch marta, Kingsli Koman, Maykl Olise va Tomas Myuller ikkitadan gol urgan bo‘lsa, yana bir gol Sasha Boening hisobiga yozildi. "Bavariya" raqib darvozasiga 31 ta zarba yo‘lladi (17 tasi aniq), "Oklend" esa nemis jamoasi darvozasiga atigi bitta aniq zarba yo‘lladi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida "Bavariya" "Boka Xuniors"ga qarshi, "Oklend" esa "Benfika"ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 00:20 16.06.2025. O'qildi: 609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!